TDT Al - Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi uyushtirilgan hujumni qoraladi

Isroil armiyasi 17 – oktabr kuni G‘azodagi al – Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi va oqibatida tinch aholidan 471 kishi jon berdi.

2053829
TDT Al - Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi uyushtirilgan hujumni qoraladi

Turk Davlatlari Tashkiloti (TDT) G‘azodagi al - Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi uyushtirilgan va yuzlab tinch aholining umriga va sog‘ligiga zomin bo‘lgan hujumni keskin qoraladi.

TDT, G‘azodagi al - Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi uyushtirilgan hujum bilan bog‘liq yozma ravishda bayonot berdi.

Bayonotda, “Turk Davlatlari Tashkiloti G‘azodagi al - Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi uyushtirilgan va yuzlab tinch aholining umriga va sog‘ligiga zomin bo‘lgan hujumni keskin qoralaydi. Kasalxonalar bilan tibbiy xodimlarining xalqaro inson huquqlari himoyasi ostida ekani haqidagi qat’iy fikrini takrorlaydi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

TDT o‘z bayonotida shuningdek, tomonlarni zudlik bilan oʻq uzishni toʻxtatishga chaqirib, muammoning ikki davlat asosida hal qilinishi va barcha kuch - g‘ayratini shunga sarflashi kerakligini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Isroil armiyasi 17 – oktabr kuni G‘azodagi al – Ahli Baptistlar kasalxonasiga qarshi raketa orqali hujum uyushtirdi va oqibatida tinch aholidan 471 kishi jon berdi.

Shuningdek:

Xamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari 7-oktabr, haftaning shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan Isroil hujumlari oqibatida falastinlik 4 ming nafardan ortiq inson jon berdi, 12 ming nafardan ortiq inson esa tan jarohati oldi.

 



Aloqador xabarlar