Qozog‘istonda TDT tashqi siyosat tadqiqot markazlari yig'ilishi bo'lib o'tdi

Yig’ilishda TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Vengriyadan qator diplomatlar ishtirok etdi.

2043973
Qozog‘istonda TDT tashqi siyosat tadqiqot markazlari yig'ilishi bo'lib o'tdi

 

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (TDT) a’zo va kuzatuvchi davlatlar rasmiy tashqi siyosat tadqiqot markazlarining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilishda Turkiyadan Tashqi ishlar vazirining bosh maslahatchisi va Tashqi ishlar vazirligining Strategik tadqiqotlar markazi (SAM) rahbari Nuh Yilmaz yetakchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Qozog'iston Strategik tadqiqotlar instituti tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, yig'ilishda shuningdek, TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston, Turkmaniston va Vengriyadan qator diplomatlar ishtirok etdi.

Turkiya delegatsiyasi rahbari Nuh Yilmaz yig'ilishning navbatdan tashqari sessiyasidagi nutqida, TDT tashkil etilganidan buyon tezkor o'zgarishlarni boshidan kechirganiga diqqat qaratdi.

Savdo yo'llarining o'zgarganini va Osiyoning jahon iqtisodiyotida birinchi o'ringa chiqqanini ta'kidlagan Yilmaz, tarix va geografiya tomonidan taqdim etilgan bu imkoniyatlarni qo'ldan boy bermaslik kerakligini ta'kidladi.

Yig'ilish doirasida ikki tomonlama va ko'p tomonlama uchrashuvlar o'tkazgan Yilmaz, TDT Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev bilan uchrashdi.

Tomonlar o’zlarining tor doiradagi uchrashuvida Turk dunyosidagi Strategik tadqiqotlar markazlarining kelgusi davrda amalga oshirishi mumkin bo’lgan loyihalarini muhokama qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #TDT , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar