Ozarbayjonlik deputat Ganira Pashayeva vafot etdi

24 sentyabr kuni Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) deputati Ganira Pashayeva komaga tushgani xabar qilingandi. Unga kelib chiqishi noma’lum gipotonik holat tashxisi qo‘yilgandi.

2043829
Ozarbayjonlik deputat Ganira Pashayeva vafot etdi

 

Kecha, 28 sentyabr kuni Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva Markaziy klinik shifoxonada vafot etdi.

"Markaziy klinik shifoxona xodimlari va mutaxassis shifokorlar tomonidan ko‘rilgan barcha zarur choralarga qaramay, kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan gipotonik tashxisi qo‘yilgan Ganira Pashayevaning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi", deyiladi xabarda.

24 sentyabr kuni Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) deputati Ganira Pashayeva komaga tushgani xabar qilingandi. Unga kelib chiqishi noma’lum gipotonik holat tashxisi qo‘yilgandi. 

Ma’lumot uchun, Ganira Pashayeva 1975 yil 24 mart kuni Ozarbayjonning Tovuz viloyatida tug‘ilgan.

U Ozarbayjon tibbiyot universitetining pediatriya va Baku davlat universitetining xalqaro huquq bo‘limini tamomlagan. 1998 yildan ANS TV telekompaniyasida muxbir, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

U 2005 yilda u Haydar Aliyev jamg‘armasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limini boshqargan. 2005 yil 6 noyabrda 105-Tovuz saylov okrugidan deputat etib saylangan.

Pashayeva Milliy Assambleyaning Madaniyat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Pashayeva Turkiyadagi ko‘plab tadbirlarda ishtirok etgan.

Turk dunyosi haqida ko’plab kitob yozgan va nutq so’zlagan Pashayeva, “Turkiyaning kuchi Turk dunyosining kuchi demakdir” degan fikrni ilgari surdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Ganira Pashayeva

Aloqador xabarlar