Ozarbayjon Armanistonga adolatli va mustahkam tinchlik taklif qiladi

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov aksilterror operatsiyasi Ozarbayjonning o‘z hududida xalqaro huquq va insonparvarlik qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazilganini bildirdi.

2041013
Ozarbayjon Armanistonga adolatli va mustahkam tinchlik taklif qiladi

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida doimiy a'zo Fransiyaning talabi bilan Qorabog'dagi o'zgarishlarni muhokama qilish uchun yig'ilish o'tkazildi.

Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov aksilterror operatsiyasi Ozarbayjonning o‘z hududida xalqaro huquq va insonparvarlik qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan holda o‘tkazilganini bildirdi.

Operatsiya tugatilganini va Qorabog'dagi armanlarning integratsiya jarayoni boshlanganini ifoda etgan Bayramov, Ozarbayjon rasmiylari va Qorabog'dagi arman aholisi vakillari Yevlaxda uchrashganligini aytdi.

Bayramov aksilterror operatsiyasi “cheklangan va mutanosib” tarzda o‘tkazilganini va faqat Ozarbayjon hududidagi noqonuniy qurolli kuchlarni nishonga olganini ta’kidladi.

U shuningdek, Ozarbayjon qonuniy manfaatlarni hurmat qilish asosida haqiqiy muloqot va muzokaralarga tayyor ekanini taʼkidladi.

“Biz yana bir bor Armanistonga adolatli va mustahkam tinchlik taklif qilamiz”,-dedi u.

Bayramov, “Qorabog‘dagi armanlarning tinch-totuv yashashi modelimizning bir qismidir”,-dedi.

Eslatish joizki, Ozarbayjon armiyasi 19-sentyabr kuni Qorabog‘da konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatish uchun aksilterror operatsiyasini boshlagandi.

Qorabog'dagi noqonuniy arman qurolli kuchlari 24 soat davom etgan amaliyotdan so'ng qurollarini tashladi.

Turkiya Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Burak Akchapar Turkiyaning Ozarbayjon rasmiylari va Qorabogʻdagi arman aholisi vakillari oʻrtasida boʻlib oʻtgan muzokaralarni olqishlaganini bildirib, muzokaralarning samarali davom etishidan umidvor ekanini taʼkidladi.

"Armanistonning Zangezur yo’lagi ochilishi va boshqa barcha va’dalarini bajarishini kutamiz”, - deydi u. 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Jayxun Bayramov

Aloqador xabarlar