Qozog‘iston TIF tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi

Turk Davlatlari Tashkilotining (TDT) tarixiy qadamlari orqali asos solingan Turk investitsiya fondi (TIF), may oyida Istanbulda tashkil etilgan edi.

2040127
Qozog‘iston TIF tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi

Qozog‘iston parlamenti Turk investitsiya fondini (TIF) tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi.

Kelishuv haqida parlament yig‘ilishida Qozog‘iston Respublikasi Milliy Iqtisodiyot vaziri Alibek Kuantirov shunday dedi:

“Mavjud global geosiyosiy beqarorlik hukm surayotgan hozirgi sharoitda Qozog‘istonning tashqi aloqalarini diversifikatsiya qilish asosiy maqsadlarimizdan biridir. Buning tasdig‘i sifatida biz iqtisodiyotning barqaror o‘sishga erisha oladigan barcha tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish ustida ishlayapmiz. Shu nuqtai nazardan, oʻzaro hamkorlik bilan birga ko‘p tomonli platformalar doirasida ham mushtarak faoliyatimizni faol davom ettirishimiz kerak. Ushbu platformalardan biri Turk Davlatlari Tashkilotidir”.

Turk Davlatlari Tashkilotining (TDT) tarixiy qadamlari orqali asos solingan Turk investitsiya fondi (TIF), may oyida Istanbulda tashkil etilgan edi.

Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston a’zo boʻlgan tashkilot kelishuvi avval Ozarbayjon parlamentida ham tasdiqlangan.

TIF, Turk dunyosining Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF) yoki Jahon banki sifatida ta’riflanmoqda.

Oʻz faoliyatini 500 million dollar bilan boshlagan TIFda, har bir a’zoning 20 foizlik ulushi bor.

Investorlar bilan tadbirkorlarni qo‘llab - quvvatlashni koʻzlagan bu hamkorlik ayni paytda iqtisodiy integratsiyaga ham hissa qo‘shadi.

Uzoq muddatda a’zo davlatlarning iqtisodiy siyosatlari bir - biriga mos kelar ekan, vaqt oʻtishi bilan savdo, mudofaa va texnologiya kabi sohalarda muhim qoʻshma sarmoya kiritish mumkin.

 



Aloqador xabarlar