Ozarbayjon hududidagi Agdam-Xonkendi va Lochin-Xonkendi yo‘li ochildi

Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining maslahatchisi Xikmat Hojiyev bayonot berdi.

2038835
Ozarbayjon hududidagi Agdam-Xonkendi va Lochin-Xonkendi yo‘li ochildi

 

Ozarbayjon hududidagi Agdam-Xonkendi va Lochin-Xonkendi yo‘lida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi yuk mashinalarining bir vaqtda o‘tishi ta’minlangani ma’lum qilindi.

Bu haqda Ozarbayjon Prezidentining maslahatchisi Xikmat Hojiyev bayonot berdi.

"Bugun, mahalliy vaqt bilan soat 07:00 atrofida Ozarbayjonning Agdam-Xonkendi va Lachin-Xonkendi yo‘llarida Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi yuk mashinalarining bir vaqtda o‘tishiga erishildi. Agdam-Asqaron-Xonkendi yo'li ochiq va ishlab turibdi, shunday bo'lishi ham kerak. Bu Ozarbayjonning prinsipial, adolatli, qonuniy va ortga qaytmas munosabatidir”, - deydi u o'z bayonotida.

U shuningdek, Ozarbayjon tomonidan hech qanday blokada amalga oshirilmaganiga xalqaro hamjamiyat yana bir bor guvoh bo'lganini qo'shimcha qildi.

"Ammo Armaniston va noqonuniy kukla rejim, lobbi guruhlari va baʼzi Gʻarbning korruptsion siyosatchilari va noxolis ommaviy axborot vositalari jamoatchilikni chalgʻitayotgani, blokada teatri uyushtirayotgani, gumanitar masalalarni harbiylashtirib, siyosiylashtirayotgani koʻrinib turibdi. Niqoblar ochilgan, haqiqat saqlanib qolmoqda",-deydi Xojiyev.

Ozarbayjon Qorabog‘da yashovchi armanlarning Armanistonga borib-kelish uchun foydalanadigan Lochin-Xonkendi yo‘lida, chegarachilarga armanlar tomonidan o‘q uzilgani va Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi o‘z avtomashinalarida kontrabanda tovarlarni olib o‘tishni bahona qilib, ma’lum vaqtdan beri cheklovlar kiritgan edi.

Tinch aholi uchun ochiq yo‘l bo‘ylab og‘ir transport vositalarining o‘tishiga ruxsat berilmayotgandi.

Yo‘l yopilganini bahona qilib, Qorabog‘dagi arman aholisi gumanitar inqirozga yuz tutganligini iddao qilgan Armanistonning yuborgan yuk mashinalari bir oyga yaqin chegarada ushlab turilmoqda.

Baku maʼmuriyati oʻz suvereniteti ostidagi yerlarda ilgari muhokama qilinmagan yuk tashishlarga ruxsat bermasligini bildirgan holda, Qorabogʻdagi arman aholisiga yuk tashish uchun Agdam-Xonkendi yoʻnalishini taklif qilmoqda.

Ozarbayjon Qizil Yarim Oy jamiyati tomonidan Qorabog'da yashovchi armanlar uchun yuborilgan 40 tonna un yuklangan ikkita yordam mashinasining o'tishiga hali ruxsat berilmagan.

Rossiya kuchlarining Agdam-Xonkendi yoʻlidagi nazorat-oʻtkazish punktida 20 kundan koʻproq vaqtdan beri ushlab turilgan yuk mashinalarining Qorabogʻdagi armanilar maʼmuriyati tomonidan toʻsqinlik qilinmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar