Bayramov Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlarga e’tibor qaratdi

Bayramov, Shveytsariyaning Jeneva shahrida davom etayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari kengashining 54 - sessiyasi doirasida nutq so‘zladi.

2037350
Bayramov Qur’on-i Karimga qarshi uyushtirilgan hujumlarga e’tibor qaratdi

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov, ayrim mamlakatlarda so‘z erkinligi nomi ostida Qur’on - i Karimni yoqish va unga hurmatsizlik qilish “nafrat jinoyati" ekanini ta’kidladi.

Bayramov, Shveytsariyaning Jeneva shahrida davom etayotgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Inson huquqlari kengashining 54 - sessiyasi doirasida nutq so‘zladi.

Ozarbayjonning Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa xalqaro hujjatlarda o‘rin olgan inson huquqlarining asosiy tamoyillarini himoya qilishini ifoda etgan Bayramov, barqaror tinchlik, taraqqiyot va barcha insonlar farovonligi uchun inson huquqlarining to‘liq tatbiq etilishi shart ekaniga ishonchi komil ekanliklarini qayd etdi.

Bayramov, Ozarbayjonning inson huquqlariga sodiqligidan voz kechmasligini va bu sohadagi islohotlarni davom ettirayotganini bildirdi.

Bayramov, murosasizlik, diskriminatsiya, islomofobiya va nafrat nutqining kuchayib borayotganidan xavotirda ekanliklariga e’tibor qaratib:

“Bu munosabat jamiyatlarimiz totuvligi, xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdid solmoqda. Dunyoning ba’zi joylarida so‘z erkinligi nomi ostida Qur’on-i Karimni yoqish va tahqirlash qabul qilinishi imkonsiz nafrat jinoyatidir. Bu hodisalarga samarali chora ko‘rilishi va bularga qarshi kurashish, mushtarak xalqaro sa’y – harakatlarni talab qiladi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar