Ozarbayjonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi qo‘llab - quvvatlanmoqda

Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidagi noqonuniy arman kuchlari, nazorati ostidagi tuproqlarda 9 - sentabr kuni qoʻshtirnoq ichida “prezidentlik saylovi” o‘tkazildi.

2036799
Ozarbayjonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi qo‘llab - quvvatlanmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Ozarbayjonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga sodiqligini tasdiqlab, BMT Xavfsizlik kengashining bu boradagi qarorlari hurmat qilinishini talab qildi.

Kundalik matbuot anjumanida Birlashgan Millatlar Tashkiloti matbuot xizmati kotibi Stefan Dujarrik, Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasida arman kuchlari nazorati ostidagi tuproqlarda qo‘shtirnoq ichida o‘tkazilgan “prezidentlik saylovi” haqidagi savolga javob berdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterrishning, Armaniston va Ozarbayjon munosabatlarini normallashtirish sa’y - harakatlarini kuchaytirishga chaqirganini ifoda etgan Dujarrik, buning mintaqa tinchligi va xavfsizligi uchun ham foydali bo‘lishini ifoda etdi.

Dujarrik, qo‘shtirnoq ichida o‘tkazilgan saylov haqida:

“Biz, Ozarbayjonning mustaqilligi va hududiy yaxlitligi haqidagi BMT Xavfsizlik kengashining qarorlarini yodga solishni istaymiz. Hammani buni to‘liq hurmat qilishga chaqiramiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Qirgʻiziston ham Ozarbayjon mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qoʻllab - quvvatlashini tasdiqladi.

Qirg‘iziston Tashqi Ishlar vazirligi mavzu haqida yozma ravishda bergan bayonotida:

“Qirg‘iziston, Ozarbayjonning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qat’iy qo‘llab - quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi. U barcha muammolarni, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga muvofiq siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan hal qilishga chaqiradi”. – dedi.

Qozogʻiston ham Ozarbayjonning xalqaro miqyosda tan olingan chegaralari doirasidagi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab - quvvatlashini tasdiqladi.

Qozog‘iston Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan yozma bayonotda:

“Togʻli Qorabogʻ atrofidagi oxirgi voqealarga kelsak, Qozogʻiston Respublikasi, Ozarbayjon Respublikasining xalqaro miqyosda tan olingan chegaralaridagi mustaqilligi va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlaydi. Shuningdek, barcha masalalar Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga munosib tarzda siyosiy va diplomatik yoʻl bilan hal etilishini qoʻllab – quvvatlaydi”. – deyildi.

Ozarbayjonning Qorabog‘ mintaqasidagi noqonuniy arman kuchlari, nazorati ostidagi tuproqlarda 9 - sentabr kuni qoʻshtirnoq ichida “prezidentlik saylovi” o‘tkazgandi.

Ozarbayjon yetakchiligi mazkur voqeani, “mamlakat mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga hujum”, - degan soʻzlar bilan qoraladi.



Aloqador xabarlar