O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Turkiya elchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

2031248
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Turkiya elchisi bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Turkiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar, ta’lim va boshqa sohalarda o‘zaro hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Shuningdek, O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida turli daraja va shakllarda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan ham fikr almashdilar.


Tanlangan kalimalar: #Olgan Bekar , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar