Turkiyaning “Diaclinica” tibbiyot kompaniyasi O'zbekistonda o'z filialini ochdi

Turkiyaning “Diaclinica”  tibbiyot kompaniyasi rahbari Mehmed Emin boshchiligidagi delegatsiya O'zbekistonga tashrif buyurdi. Navoiy viloyati hokimligida Turkiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2025856

Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda viloyatda jahon standartlariga mos zamonaviy laboratoriya tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

O‘z navbatida viloyat rahbariyati bu borada har qancha ko‘mak va hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi.

Muzokaralar natijasida sohaga Turkiya investitsiyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

“Diaclinica” kompaniyasi  o‘z faoliyatini 2002 yilda boshlagan. 2007 yildan dunyo bo‘yicha “Bioanalytic” brendi ostida yuqori sifatli diagnostika reagentlari va to‘plamlarini ishlab chiqarish hamda yetkazib berish borasida ham faoliyat olib boradi.

Hozirgi kunda ushbu  kompaniya O‘zbekiston bo‘yicha o‘z filialini Navoiyda ochdi va markazlashgan laboratoriya tashkil etish uchun yuqori aniqlikdagi texnologiyalarni olib kirish ishlarini boshlab yuborgan.

Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #Turkiya , #Diaclinica

Aloqador xabarlar