Adana va Farg'ona viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

O’zbekistonning Farg‘ona  viloyati hokimligida Turkiyaning Adana viloyati Saricham tumani hokimi Bilal Ululag‘ boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2024654
Adana va Farg'ona viloyatlari o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

 

O’zbekistonning Farg‘ona  viloyati hokimligida Turkiyaning Adana viloyati Saricham tumani hokimi Bilal Ululag‘ boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida O’zbekistonning Farg‘ona va Turkiyaning Adana viloyatlari o‘rtasida har tomonlama hududlararo hamkorlik aloqalarini kengaytirish, Farg‘ona shahri va Saricham tumani o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsion, ijtimoiy-madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Farg‘ona  viloyati  hokimi o‘rinbosari Iqboljon Ergashev viloyatning investitsion, savdo-iqtisodiy salohiyati yuzasidan mehmonlarga maʼlumot berib, istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlariga eʼtibor qaratdi.

Saricham tumanida 1600 gektar maydonda 500 ga yaqin ishlab chiqarish korxonasini o‘zida birlashtirgan Turkiyaning eng yirik sanoat zonalaridan biri bo‘lgan Adana Hacı Sabancı birlashtirilgan sanoat zonasi joylashgan bo‘lib, farg‘onalik tadbirkorlar bilan qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi. 42 mingdan ortiq ish o‘rniga ega ushbu zonaning yillik eksport hajmining o‘zi 1,7 millard  dollarni tashkil etadi.

Innovatsion rivojlanishda bo‘lgan Saricham hududidagi Chuqurova universiteti, Fan va texnologiyalar universiteti kabi qator oliy taʼlim muassasalari bilan Farg‘ona viloyatidagi oliygohlari o‘rtasida hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.

Muloqot davomida Farg‘ona va Adana shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalalariga  ham  eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida Farg‘ona shahar hokimligi va Saricham  tumani o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim imzolandi.


Tanlangan kalimalar: #Farg'ona , #Adana , #O'zbekiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar