Aliyev “Demokratiya va milliy birlik” kuni munosabati bilan Erdog’anga maktub yo’lladi

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, FETOning xoin to’ntaruv tashabbusining 7 yilligi munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog’anga maktub yo’lladi.

2011762
Aliyev “Demokratiya va milliy birlik” kuni munosabati bilan Erdog’anga maktub yo’lladi

 

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, FETOning xoin to’ntaruv tashabbusining 7 yilligi munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog’anga maktub yo’lladi.

Aliyev maktubida to’ntaruv tashabbusining oldini olish uchun jonlarini fido qilgan shahidlarning aziz xotirasini chuqur hurmat va ehtirom bilan yodga olishini bildirdi.

15 iyul kuni qilingan xoin rejaning Turkiya tarixidagi qiyin sinovlardan biri bo'lganini ifoda etgan Aliyev,

  Bu sinovdan peshonasi va yuzi ochilib chiqqan turk xalqi matonat, qat’iyat, davlat va demokratiyaga sodiqligini butun dunyoga yana bir bor yaqqol namoyon etganini qayd etdi.

Aliyev, shahidlarning qoni va jonlari evaziga erishilgan g'alaba, o'sha og'ir kunda yelkama-yelka turgan turk millati va davlatining azmu shijoati tufayli, Turk xalqi o‘z vataniga muhabbati, o‘ziga xos jangovar ruhi va yengilmasligini tasdiqlaganini ta’kidlab,

“Birdamlik va milliy birlik ramzi bo’lgan Demokratiya va Milliy birlik bayrami Turkiya davlati tarixida katta sharaf kuni bo’lib qoladi”.  Deya ifoda etdi.

Haqiqiy qahramonlik dostoni yozilgan o‘sha kuni qardosh turk xalqi Erdo‘g‘onning da’vatiga javob berib, xiyonatkorona rejaning oldini oldi va

Turkiyani katta falokatdan qutqarganini tilga olgan Aliyev,  bayonotida  quyidagi izohlarni berdi:

“Ozarbayjon xalqi va davlati ilk daqiqalardanoq bu kurashda qardosh turk davlati va xalqining yonida boʻldi

  Uning quvonchini , qayg‘usini g‘amimizdek baham ko‘rdik va bir xalq, ikki davlat ekanimizni yana bir bor yaqqol isbotladik.

Eng katta boyligimiz bo'lgan Ozarbayjon-Turkiya o'rtasidagi mustahkam qardoshlik, birlik va hamjihatlikni himoya qilish va kelajak avlodlarga taqdim etish uchun,  Ishonchim komilki, biz strategik ittifoqimizni har jabhada rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni izchil davom ettiramiz”.



Aloqador xabarlar