Turkiyadagi o‘zbeklar Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berishi mumkin

Turkiyaning  “Demiroren” axborot agentligi tomonidan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulli  Amirsaid Agzamxodjayev bilan bo‘lajak muddatidan ilgari O‘zbekiston  Prezidenti  saylovi jarayonlariga bag‘ishlangan video va  matn  shaklda eʼlon qilindi

2004508
Turkiyadagi o‘zbeklar Prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berishi mumkin

 

Turkiyaning  “Demiroren” axborot agentligi tomonidan O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulli  Amirsaid Agzamxodjayev bilan bo‘lajak muddatidan ilgari O‘zbekiston  Prezidenti  saylovi jarayonlariga bag‘ishlangan video va  matn  shaklda eʼlon qilindi.

"O‘zbekiston Respublikasining bosh konsuli A.Agzamxodjayev Prezidentimiz 3 yillik vakolat muddatidan voz kechib, muddatidan oldin saylov o‘tkazishni eʼlon qildi" sarlavhali  suhbatda joriy yilning  9 iyul kuni O'zbekistonda  bo‘lib  o‘tadigan  muddatidan  ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi  jarayonlari  haqidagi  batafsil maʼlumotlar  o‘quvchilar  eʼtiboriga  havola  qilingan.

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev muddatidan oldin saylovlarni eʼlon qilib, xalqimizga o‘zi xohlagan rahbarni tanlash imkoniyatini berdi. Joriy yilning 30 aprel kuni O‘zbekiston  Konstitutsiyasiga  o‘zgartishlar  kiritish  bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarimizning 90,2 foizi ishtirok etib, ovoz berdi. Referendum asosida qabul  qilingan yangilangan Konstitutsiya 1 maydan kuchga kirdi. Shu nuqtai nazardan, davlatimiz rahbari yangilangan Konstitutsiyada belgilangan barcha vazifalarni bajarish uchun xalqimiz tanlaydigan  yangi Prezident saylanishi kerakligini taʼkidlab, vakolat muddatining qolgan 3 yilidan voz kechdi", - deydi bosh konsul.

Intervyuda prezidentlikka nomzodlar haqidagi  maʼlumotlar ham  qayd etilgan.

"Davlat  rahbarligi  uchun kechadigan  saylovda mamlakatimizda  ro‘yxatdan  o‘tgan  siyosiy partiyalar tomonidan  nomzodlar ko‘rsatildi. Jumladan, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Liberal-demokratik partiyasidan amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Robaxon Maxmudova, “Ekologik” partiyadan Abdushukur Xamzayev davlat  rahbarligi uchun kechadigan  saylovda kurash olib  bormoqda", deya taʼkidlaydi  diplomat.

Nashrda  O‘zbekiston Markaziy saylov komissiya maʼlumotlari asosida 10784 saylov uchastkalari tashkil etilgani  maʼlum qilingan.  Bosh konsul 39 ta xorijiy  davlatlarda  56 ta saylov uchastkalari tashkil etilganini  bildirgan.

"Turkiyada ikkita joyda saylov uchastkasi tashkil etiladi.  O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasida va Istanbuldagi Bosh konsulxonada tashkil  etilgan  saylov  uchastkalarida  Turkiyada  bo‘lgan  yurtdoshlarimiz  o‘z tanlovlarini  amalga  oshirishlari mumkin", deydi Amirsaid Agzamxodjayev.

Suhbat davomida, shuningdek,  Turkiyadagi O‘zbekiston fuqarolari  Prezident saylovida muddatidan oldin 28 iyundan 5 iyulgacha ovoz berishlari  mumkinligi  taʼkidlangan.


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston

Aloqador xabarlar