Qozog‘istonda 12 iyun umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi

Qozog‘istonning Abay oblastida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari ro‘y bermoqda. Natijada "Semey o‘rmoni" o‘rmon xo‘jaligi qo‘riqxonasining 14 nafar ishchisi halok bo‘lgan.

1998191
Qozog‘istonda 12 iyun umummilliy motam kuni deb e’lon qilindi

 

Qozog‘istonning Abay oblastida keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari ro‘y bermoqda. Natijada "Semey o‘rmoni" o‘rmon xo‘jaligi qo‘riqxonasining 14 nafar ishchisi halok bo‘lgan. 

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Abay viloyatida sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lganlar xotirasiga 12 iyun, dushanba kunini Qozog‘istonda umummilliy motam kuni deb e’lon qildi.

Yong‘in payshanba kuni chaqmoq urishi bilan boshlangan. Shanba kuni berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘rmonning 60 ming gektardan ortiq hududi alanga ichida qolgan. Yong‘inni o‘chirish ishlariga mingdan ortiq kishi jalb etilgan.

Qosim-Jo‘mart To‘qayev "Semey o‘rmoni" tabiat rezervatida ro‘y bergan keng miqyosli yong‘inda halok bo‘lgan o‘rmon xodimlarining oilasi bilan uchrashdi. To‘qayev ularga hamdardlik bildirib, marhumlarning xotirasiga motam kuni e’lon qildi.

"Men sizlarga hamdardlik bildirish uchun ataylab keldim. Bu butun xalqimiz uchun ulkan fojia. Bunday og‘ir damlarda bardam va kuchli bo‘linglar. Men aniq va’da beraman, bu fojiada aybdorlar qonunchilikka ko‘ra javobgarlikka tortilishadi. Ertangi dushanba kunini men umummilliy motam kuni deb e’lon qilaman. Biz sizlarning qayg‘ungizga sherikmiz, birgalikda halok bo‘lganlarni xotirlaymiz. Sizlardan sabr qilishni va bardam bo‘lishni so‘rayman. Barcha yo‘nalishlarda, huquqni muhofaza qilish organlari yoki vazirliklar darajasida zarur choralar ko‘riladi. Hozir biz bu masalada yig‘ilish o‘tkazib, kerakli xulosalarni chiqaramiz", — degan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.

60 ming gektardagi 9 ta uchastkani qamrab olgan yong‘inni o‘chirish uchun mingdan ortiq o‘t o‘chiruvchi, 252 dan ortiq texnikalar jalb qilingan.

To‘qayev ushbu hodisadan so‘ng favqulodda vaziyatlar vazirini ishdan olgan.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston

Aloqador xabarlar