Shavkat Mirziyoyev Prezident Erdo‘g‘anni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev bilan Rejep Tayyip Erdog‘an bugun telefon orqali muloqot qildi.

1992100
Shavkat Mirziyoyev Prezident Erdo‘g‘anni tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘an bugun telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyev, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anni bugun bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida erishgan ishonchli, tarixiy g‘alabasi bilan samimiy qutlagan.

Shuningdek, saylovning ikkinchi turida saylovchilar ishtirokining yuqori darajasi va ovoz berish natijalari do‘st Turkiya xalqi amaldagi davlat rahbarining siyosati va islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlayotganining ishonchli ifodasi ekani qayd etilgan.

Suhbatda O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqilgan.

Oliy darajadagi Kengashning navbatdagi yig‘ilishi kun tartibini tayyorlash maqsadida barcha darajalarda faol muloqotlarni davom ettirishga kelishib olingan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashganlar.

 



Aloqador xabarlar