Tehronda Eron bilan O‘zbekiston munosabatlari muhokama qilinmoqda

O‘zbekiston Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, amaliy tashrif bilan Tehronda.

1983542
Tehronda Eron bilan O‘zbekiston munosabatlari muhokama qilinmoqda

Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan O‘zbekiston Oliy majlis qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov, ikki davlat o‘rtasida imzolangan kelishuv va shartnomalarning amalga oshirilishini muhokama qildi.

Hukumatning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, Ismoilov hozirda Raisiy bilan uchrashish uchun Tehronda.

Eron bilan O‘zbekiston o‘rtasida 18 ta hamkorlik memorandumi imzolanganini yodga solgan Raisiy, ularning tatbiq etilishini tezlashtirish, ikki davlat aloqalarini ancha mustahkamlashiga e’tibor qaratdi.

Raisiy mavzu haqida:

“Eron va Oʻzbekiston parlamentlari oʻrtasida tajriba almashish, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yoʻlidagi samarali va ijobiy qadam boʻladi”. –dedi.

O‘zbekiston Oliy majlisi qonunchilik palatasi spikeri Ismoilov esa, ikki davlat parlamentlarining hukumatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun faol ishtirok etishi zarurligini, O‘zbekiston majlisining ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvlarni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishini ta’kidladi.

Eronning IRNA rasmiy axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra esa, Ismoilov Eron parlamenti raisi Muhammad Baqir Kalibaf bilan ham uchrashgan.

Uchrashuvda Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni yaxshilashga qaratilgan masalalar muhokama qilingan.

 



Aloqador xabarlar