Anqarada Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban uchrashuvi bo'lib o'tdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1960894

Maʼlumotga ko‘ra, uchrashuv avvalida O‘zbekiston Prezidenti Bosh vazir va do‘st venger xalqini milliy bayram – Vengriya inqilobi kuni bilan samimiy qutladi.

Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakatning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidani ham fikr almashildi.

Aloqador xabarlar