Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

Shavkat Mirziyoyev, Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda.

1953522
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun, 1-mart kuni amaliy tashrif bilan Boku shahrida. Bu haqida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.  

Ushbu ma’lumotga ko‘ra Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston Prezidentini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi, unda yetakchilar avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladilar.

Ertaga, 2-mart kuni Bokuda eng yirik xalqaro tuzilmalardan biri - Qo‘shilmaslik harakatining sammiti bo‘lib o‘tadi. Tadbirning yalpi sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so‘zlaydi.



Aloqador xabarlar