Turkiyadagi zilzilada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 4 kishiga yetdi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma'lum qildi.

1946241
Turkiyadagi zilzilada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 4 kishiga yetdi

 

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyadagi zilzila oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarolari soni to‘rt kishiga yetdi. 

7-fevral kuni zilzila oqibatida Malatya provinsiyasida bir nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgani ma'lum qilingandi.

11-fevral kuni bosh konsulxona Hatay shahrida vafot etgan farg‘onalik 56 yoshli U.H. va Qahramonmarashda vafot etgan namanganlik 40 yoshli N.M.ning jasadi vatanga yuborilganini xabar qildi.

12-fevral kuni Shonliurfa shahrida vafot etgan namanganlik 42 yoshlik M.B.ning jasadi Istanbuldan Toshkentga yuborildi.

 


Tanlangan kalimalar: #O'zbekiston , #zilzila , #Turkiya

Aloqador xabarlar