Qozog‘istonda turkiy tillar uchun tilni aniqlash tizimi yaratildi

Qozoq tilidagi nutqni besh soniyada matnga aylantiradigan mazkur dastur yordamida nafaqat qozoq tilini, balki, ozarbayjon, o‘zbek va turk tillarini ham aniqlash mumkin. Qozoq olimlari ushbu texnologiyani yaratish uchun yarim yil vaqt sarfladi.

1941602
Qozog‘istonda turkiy tillar uchun tilni aniqlash tizimi yaratildi

 

Qozog‘istonlik dasturchilar turkiy tillar uchun tilni aniqlash texnologiyasini yaratdi. Mazkur ko‘p tilli model mobil ilova yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Qozoq tilidagi nutqni besh soniyada matnga aylantiradigan mazkur dastur yordamida nafaqat qozoq tilini, balki, ozarbayjon, o‘zbek va turk tillarini ham aniqlash mumkin. Qozoq olimlari ushbu texnologiyani yaratish uchun yarim yil vaqt sarfladi.

— “Siri” yoki  “Alisa” ovoz yordamchilari kabi ishlaydigan dasturni sinab ko‘rish uchun saytga o‘tish, “yozuv” tugmasini bosish va besh soniya ichida gapirish kerak bo‘ladi, — deydi ma’lumotlar tahlilchisi Saida Musaxo‘jayeva.

— Mutaxassislar ta’kidlashicha, tizim kichik xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. "Biz loyihani resursi kam, ma’lumoti yetarli bo‘lmagan tillarni ham raqamlash, ingliz va rus tillari kabi aniqlashni ko‘zladik. Maqsadimiz — nafaqat turkiy, balki dunyodagi barcha tillarni qamrab oladigan yagona model yaratish. Hozircha dasturimizga faqat ingliz va rus tillari kiritilgan.

Loyiha mualliflarining dasturdan umidi katta. Yangi texnologiya aynan turkiy tillar nutqini aniqlashning birinchi umumiy va ishonchli modeli bo‘lishi, shuningdek, boshqa dasturchilar uchun start maydonchasiga aylanishi mumkin, deb hisoblanmoqda. Har qanday dasturchi asos ma’lumoti va kodni erkin topishi, keyin shaxsiy loyihasini yaratishi mumkin. Aqlli tizimlar va sun’iy ong instituti direktori Huseyn Atakan Varolning so‘zlariga ko‘ra, ushbu texnologiyalarning bari Qozog‘iston elektron hukumatida qo‘llanishi mumkin.

— Ochiq ko‘rinishda bo‘lgani bois, ushbu dasturlarni bepul yuklab olish mumkin, — deydi u. — Har qanday ihlosmand shaxsiy dasturiy ta’minotini yaratishi yoki bizning ishlanmamizni takomillashtirishi mumkin.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston

Aloqador xabarlar