Yildirim Türkiye va Turk dunyosi hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Istanbulda “Turk dunyosi nigohi – 2040” Türkiye seminari boʻlib oʻtdi.

1937007
Yildirim Türkiye va Turk dunyosi hamkorligining ahamiyatiga e’tibor qaratdi

Istanbulda “Turk dunyosi nigohi – 2040” Türkiye seminari boʻlib oʻtdi.

Unga, Oq soqollar kengashi raisi Binali Yildirim rahbarlik qildi.

Yildirim, seminarda soʻzlagan nutqida, Türkiyening mudofaa sanoatidagi tajribasi dunyoda a’lo darajada baholangani va Turk davlatlarining bo sohada hamkorlik qilishining muhim ekanini qayd etdi.

Türkiyening oxirgi yigirma yil ichida sogʻliqni saqlash sohasida muhim oʻzgarishlarni amalga oshirganini ta’kidlagan Yildirim, dunyoning bir necha davlatining Türkiyening sogʻliqni saqlash sohasidagi modelini hayotga tatbiq etish uchun yordam soʻraganini bildirdi.

Yildirim:

“Sog‘liqni saqlash sohasidagi bu o‘zgarishlar nafaqat Türkiyeda, balki butun dunyoda sezildi va qiziqish uygʻotdi. Koʻpgina davlat mazkur sohadagi yangiliklarimizni, modelimizni oʻzlarida tatbiq etish uchun Türkiyedan yordam soʻradilar. Türkiye hozirning oʻzida bu borada Yaqin Sharqni qoʻllab – quvvatlamoqda. Türkiyedagi bu modelning AQSh va Yevropada yoʻqligini bemalol aytishimiz mumkin”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Ukraina - Rossiya inqirozi bilan energiya xavfsizligining ahamiyati anglab yetilganiga ham e’tibor qaratgan Yildirim:

“Energiya xavfsizligini ta’minlay oladigan davlatlar geografiyamizdagi davlatlardir. Shuning uchun Turk davlatlari bu masaladagi ham manba, ham da yetkazib beruvchi davlat sifatida qabul qilinmoqda”.-dedi.



Aloqador xabarlar