Nursulton Nazarboyevning "Elbasi" maqomi bekor qilinishi mumkin

Biroq, Nursulton Nazarboyev sobiq prezidentlar to‘g‘risidagi qonun doirasida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, pensiya oladi, sha’ni va e'tibori saqlab qolinadi.

1931663
Nursulton Nazarboyevning "Elbasi" maqomi bekor qilinishi mumkin

 

Qozog‘iston konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirishlardan so‘ng, Nursulton Nazarboyev mamlakatning birinchi prezidenti to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunga ko‘ra, o‘ziga berilgan shaxsiy imtiyozlarning katta qismidan mahrum bo‘lishi mumkin.

Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi prezident Nursulton Nazarboyevga berilgan maqom va vakolatlarni o‘z ichiga olgan qonunni bekor qilishni ma’qulladi.

Sud tomonidan berilgan yozma bayonotda, 5 iyun kuni mamlakat bo'ylab o'tkazilgan konstitutsiyaviy referendum natijalariga ko'ra qaror qabul qilingani qayd etildi.

"Qozog'iston Respublikasining birinchi Prezidenti – “Elbasi” to'g'risidagi qonun yangilangan Konstitutsiyada haqiqiy deb hisoblash uchun hech qanday huquqiy asosga ega emas va shuning uchun o'z kuchini yo'qotgan deb tan olinishi kerak", deyiladi sud bayonotida.

Shunday qilib, sud qaroriga ko‘ra, Nazarboyevga birinchi prezident sifatida ayrim maqom va vakolatlar bergan moddalar Konstitutsiyadan olib tashlanadi.

Bu Nazarboyevning Konstitutsiyada kafolatlangan daxlsizligiga ta’sir qilmaydi. Ammo uning oilasi bundan mahrum bo'ladi.

Palata va Senatdan iborat parlament kelasi hafta qo‘shma majlisda bu masalani muhokama qiladi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Nursulton Nazarboyev

Aloqador xabarlar