Olgan Bekar Furqat Sidiqov bilan uchrashdi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidikov Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi.

1925333
Olgan Bekar Furqat Sidiqov bilan uchrashdi

2022-yilning 28-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidikov Turkiyaning Favqulodda va Muxtor Elchisi Olgan Bekar bilan uchrashdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra uchrashuvda O‘zbekiston-Turkiya strategik sherikligining amaliy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan  fikr almashildi.

2023-yilda hamkorlikni kengaytirish va iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini topish, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, eksport va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aloqalarni izchil davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi, shuningdek, yaqin kelajakda qo‘shma tadbirlarni amalga oshirish rejalari kelishildi.



Aloqador xabarlar