Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim - Jomart Toqayev bugun, O‘zbekistonga davlat tashrifi uyushtirdi.

1922050
Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim - Jomart Toqayev bugun, 21-dekabr kuni O‘zbekistonga davlat tashrifi uyushtirdi.  Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati o‘zining rasmiy saytida ma’lumot bo‘lishdi.

Ushbu ma’lumotga ko‘ra, “Toshkent” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kutib olgan.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari bir-birlarini samimiy qutlab, qisqa suhbat o‘tkazgan. Ortidan Qozog‘iston yetakchisi «Yangi O‘zbekiston» bog‘iga tashrif buyurib, an’anaga ko‘ra, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ygan.

Qasim - Jomart Toqayev majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun -mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.



Aloqador xabarlar