Putin bilan Aliyev Qorabog‘ urushidan keyingi kelishuvlarni muhokama qildi

Vladimir Putin bilan Ilhom Aliyev telefon orqali muloqot qildi.

1917913
Putin bilan Aliyev Qorabog‘ urushidan keyingi kelishuvlarni muhokama qildi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin bilan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston o‘rtasida 2 - Qorabog‘ urushidan keyin qo‘lga kiritilgan uch tomonli kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildi.

Ozarbayjon Respublikasi Prezidentlik apparati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Putinning Aliyevga qo‘ng‘iroq qilgani ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha unda Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasida 2020-yilning 10-noyabri, 2021-yilning 11-yanvari, 2021-yilning 26-noyabri va 2022-yilning 31-oktabridagi uch tomonli kelishuvlarni amalga oshirishga oid ayrim amaliy masalalar muhokama qilingan.

Xabar qilinishicha Putin bilan Aliyev, Janubiy Kavkazda iqtisodiy va logistika aloqalarini tiklash rejalarini ham muhokama qilgan. Shuningdek, kelajakdagi aloqalar qo‘lga olingan.


Tanlangan kalimalar: #Qorabog‘ , #Ilhom Aliyev , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar