Bakuda Qorabog' g'alabasining 2 yilligi keng nishonlandi

Bakuning turli viloyatlarida G'alaba bayrami keng nishonlandi. Tadbirlarda litsey o'quvchilari va Qorabog' urushi faxriylari ishtirok etdi.

1903637
Bakuda Qorabog' g'alabasining 2 yilligi keng nishonlandi

 

Ozarbayjon poytaxti Bakuda Qorabog' g'alabasining 2 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi.

Bakuning turli viloyatlarida G'alaba bayrami keng nishonlandi. Tadbirlarda litsey o'quvchilari va Qorabog' urushi faxriylari ishtirok etdi.

Ozarbayjon armiyasi 2 yil avval 8 noyabr kuni Qorabog'ning ramzi bo'lgan Shushani ishg'oldan ozod qilgandi.

2020-yil 27-sentyabrda boshlangan urush 44 kun davom etdi va shu vaqt ichida 300 dan ortiq aholi punktlari ishg‘oldan ozod qilindi.

Ozarbayjon qoʻshinining Shushaga kirib kelishi Armaniston qoʻshinining tarqalib ketishiga sabab boʻldi.

Yerevan maʼmuriyati magʻlubiyatni tan olib, Agdam, Kelbajar va Lochin viloyatlaridan qoʻshinlarini olib chiqishga vaʼda berdi. Ortidan 2020-yil 10-noyabr kuni deklaratsiyani imzoladi.

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Shusha ozod qilingan 8-noyabrni “Gʻalaba kuni” deb eʼlon qildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qorabog' , #Baku , #Ozarbayjon

Aloqador xabarlar