Turkiya va O'zbekiston Adliya akademiyalari Anglashuv memorandumini imzoladi

Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya prokuratura kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

1883244
Turkiya va O'zbekiston Adliya akademiyalari Anglashuv memorandumini imzoladi

 

Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz boshchiligidagi delegatsiya prokuratura kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Delegatsiya vakillari O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev bilan uchrashdi.

Unda prokuratura organlari faoliyatini tashkil etish, huquqiy islohotlar, prokuror-tergov kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida tajriba almashildi.

Tomonlar ikki muassasa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni muhokama qilib, amaliy harakatlar dasturi tuzishga kelishib oldi. Bundan tashqari, uchrashuvda hamkorlikning boshqa dolzarb masalalari ko‘rib chiqilib, fikrlar almashildi.

Bosh prokuratura akademiyasi va Turkiya Adliya akademiyasi o‘rtasida Anglashuv memorandumi imzolanib, kadrlar salohiyatini oshirish borasida ikki tomonlama hamkorlikni yangi pog‘onaga ko‘tarishga asos solindi.

Tadbir davomida delegatsiya vakillari Bosh prokuratura akademiyasi faoliyati, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi, yaratilgan axborot tizimlari, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi.

Mehmonlar O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurib, prokuratura organlarining bosib o‘tgan yo‘lidagi keng qamrovli faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Delegatsiya tashrif doirasida qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, Bosh prokuratura akademiyasida “Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror faoliyatining dolzarb masalalari” mavzusida davra suhbati va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi.

 



Aloqador xabarlar