Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan voqeada qurbonlar soni ortdi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotga ko‘ra, kasalxonalarga yana 13 kishining jasadi olib kelingan.

1881774
Qirg‘iziston-Tojikiston chegarasida yuzaga kelgan voqeada qurbonlar soni ortdi

Qirg‘iziston-Tojikiston chegarachilari o‘rtasida 16-sentabr kuni yuz bergan to‘qnashuvda halok bo‘lganlar soni ortdi.

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, kasalxonalarga yana 13 kishining jasadi olib kelinishi bilan qurbonlar soni 59 nafarga yetgan.

Bayonotda, tan jarohati olganlar sonining 144 nafarga yetgani, ulardan 102 nafarining Bishkek va O‘sh shahridagi kasalxonalarda davolanayotgani ifoda etildi.

Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi, chegaradagi to‘qnashuvda tinch aholidan 25 kishining halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

 



Aloqador xabarlar