Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Samarqand deklaratsiyasi imzolandi

Umuman olganda, a’zo davlatlar 40 ga yaqin hujjat, jumladan, uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishning kompleks rejasini imzoladi.

1880997
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida Samarqand deklaratsiyasi imzolandi

 

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan tartibdagi majlisi yakuniga yetdi. Ishtirokchilar Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi.

Tashkilotning navbatdagi sammiti ilk bor Hindistonda o‘tkaziladi.

Hujjatdagi asosiy qoidalar:

•   Mamlakatlar SHHT boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilgan emasligini tasdiqladilar, shuningdek, o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hamkorlik uchun ochiqlikni qayd etdilar;

•    JST samaradorligini oshirish va tashkilotni zamonaviy iqtisodiy voqeliklarni hisobga olgan holda isloh qilishga chaqirdi;

•    Mudofaa va xavfsizlik sohasida hamkorlikni rivojlantirish, terroristik va ekstremistik tashkilotlarning yagona ro‘yxatini tuzish niyatida ekanliklarini bildirdilar, shuningdek, “Tinchlik missiyasi” qo‘shma aksilterror qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar;

•    Alohida davlatlar bir tomonlama global raketaga qarshi mudofaa tizimining takomillashtirilayotgani tanqid qilindi. Bu, ularning fikricha, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi;

•    Axborot kommunikatsiya texnologiyalarini harbiylashtirishga qarshi chiqishdi va BMT shafeligida AKTdan jinoiy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurash uchun xalqaro konvensiya ishlab chiqilishini qo‘llab-quvvatlashdi;

•    Kimyoviy qurollarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash va ulardan foydalanishni taqiqlash hamda ularni yo‘q qilish to‘g‘risidagi konvensiyaga (KQTK) rioya qilishga chaqirildi;

•    Kosmosni qurolsiz saqlash tarafdori va koinotda qurollanish poygasining oldini olishga kafolat beradigan xalqaro huquqiy hujjat tuzish zarurligi ta’kidlandi;

•    Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha harakatlar rejasini amalga oshirish muhim deb e’tirof etilgan holda, Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma qoidalariga qat’iy rioya qilish tarafdori;

•    Afg‘onistonda barcha etnik, diniy va siyosiy guruhlar vakillari ishtirokidagi inklyuziv hukumat zarurligini ta’kidladilar;

•    Startaplar va innovatsiyalar bo‘yicha maxsus guruh, shuningdek, qashshoqlikni bartaraf etish va xalq tabobati bo‘yicha guruh tuzishga kelishib olindi;

•    “SHHTning yaxshi niyat elchisi” unvoni tasdiqlandi;

•    2023 yil Turizm yili deb e’lon qilindi.

Umuman olganda, a’zo davlatlar 40 ga yaqin hujjat, jumladan, uzoq muddatli yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirishning kompleks rejasini imzoladi.



Aloqador xabarlar