Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o'z ishini boshladi

Sammitda O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston yetakchilari ishtirok etmoqda.

1880634
Samarqandda Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o'z ishini boshladi

 

Bugun, 16 sentyabr kuni ertalab O'zbekistonning Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining 22-majlisi O‘zbekiston raisligida boshlandi.

Sammitda O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston yetakchilari ishtirok etmoqda.

Ularning barchasi bir kun oldin Samarqandga tashrif buyurdi. Forumda Tashkilotning kuzatuvchi davlatlari rahbarlari, muloqot bo‘yicha sheriklari, Davlat rahbarlari kengashi mehmonlari ham qatnashmoqda.

Majlis ishtirokchilarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.



Aloqador xabarlar