Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Samarqandga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni faxriy mehmon sifatida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1880430
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Samarqandga tashrif buyurdi

 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun bugun Samarqandga keldi.

O'zbekiston OAV maʼlumotiga ko‘ra, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy kishilar kutib oldilar.

Ilhom Aliyev Hazrati Xizr majmuasida bo‘lib, Birinchi Prezident Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 sentyabr kuni faxriy mehmon sifatida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni qadim Samarqandga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston qadriyatlari va ma’naviy-madaniy merosi mushtarak bo‘lgan birodar ozarbayjon xalqi bilan do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Ozarbayjon yetakchisi, o‘z navbatida, Shavkat Mirziyoyevga taklif va samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, strategik sheriklik munosabatlari misli ko‘rilmagan yuksak darajaga chiqqanini qayd etdi.

Joriy yil strategik sheriklikni mustahkamlashda tarixiy davr bo‘lgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Iyun oyida Ozarbayjon Prezidenti amalga oshirgan davlat tashrifining yakunlari barcha darajalardagi muloqotni mustahkamlashga xizmat qildi va amaliy hamkorlikka yangi sur’at bag‘ishladi.

Parlamentlararo hamkorlik rivojlanayotgani, savdo hajmi oshayotgani, energetika, avtomobilsozlik, qishloq xo‘jaligi, paxtachilik va ipakchilikda qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani yuqori baholandi.

Prezidentlar madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash muhimligini ko‘rsatib o‘tdilar. Avgust oyi oxirida ikki mamlakat madaniyat va fan arboblari O‘zbekiston va Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va bu boradagi kelgusi vazifalar belgilab olindi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi.



Aloqador xabarlar