TURKSOY o‘zbek madaniyati nufuzini xalqaro maydonda oshiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi

TURKSOY Bosh kotibi Sultanbay Rayev va Bosh kotib o‘rinbosari Bilal Chakiji O‘zbekistonda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi.

1877975
TURKSOY o‘zbek madaniyati nufuzini xalqaro maydonda oshiradigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi
Sultan Rayev Özbekistan-2
Sultan Rayev Özbekistan-3
Sultan Rayev Özbekistan-4

Xalqaro Turk madaniyati tashkiloti TURKSOY Bosh kotibi Sultanbay Rayev va Bosh kotib o‘rinbosari Bilal Chakiji amaliy tashrif bilan O‘zbekistonda. Ular O‘zbekistonda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Sultanbay Rayev dunyo tamadduniga o‘zining beqiyos hissasini qo‘shgan allomalarni yetishtirgan yurtga tashrifidan baxtiyor ekanligini, kelgusi hamkorlik aloqalarini yana-da rivojlantirish, tashkilotning asosiy maqsadlaridan biri ekanligini qayd etdi. Shuningdek TURKSOYning kelgusidagi rejalari katta ekanini ifoda etgan Rayev, tashkilotning, o‘zbek madaniyatini xalqaro maydondagi nufuzini oshiradigan loyihalar o‘tkazishda dastak vazifasini o‘tashini ta’kidladi.

Ushbu uchrashuv haqida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali:

“Uchrashuvimiz samimiy va do‘stona ruhda kechdi.

Yaqinda TURKSOY xalqaro tashkiloti Bosh kotibi etib saylangan Sultanbay Rayev bilan uchrashib, yangi vazifa bilan chin dildan qutladik.

Aytish joizki, turkiy tilli davlatlarning ma’naviy qadriyatlari va tarixiy-madaniy merosini o‘rganish, asrab-avaylash hamda ommalashtirishda TURKSOY alohida o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda mazkur xalqaro tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan qator madaniy tadbirlar mamlakatimiz uchun hamkorlar bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga zamin yaratib, do‘stona aloqalar rivoji hamda madaniyatlar almashinuviga xizmat qilmoqda.

Samimiy va do‘stona ruhda kechgan muloqotimiz davomida Sultanbay Rayev bilan kelgusida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalarni muhokama qildik. O‘z navbatida, ayrim takliflarni bildirdik. Xususan, xalqaro tashkilot mavqeini oshirish maqsadida uning madhiyasini yaratish, tashkilot doirasida turkiy xalqlar madaniy merosi ro‘yxatini tuzish borasidagi takliflarimiz tashkilot yangi rahbari tomonidan iliq kutib olindi.

O‘ylaymizki, TURKSOY bilan o‘zaro manfaatli hamkorligimiz bundan buyon ham izchil davom etadi”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Uchrashuv davomida ikki tomonlama katta ahamiyatga ega loyihalar muhokama qilindi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida TURKSOY tomonidan chop etilgan kitob Madaniyat vaziriga taqdim etildi.

 

 



Aloqador xabarlar