Qozog‘iston Yevropaga ko‘mir eksport qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Qozog‘iston 7 oyda Yevropa mamlakatlariga 6,4 million tonna ko‘mir eksport qildi.

1875851
Qozog‘iston Yevropaga ko‘mir eksport qilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Qozog‘istonning Yevropa mamlakatlariga ko‘mir eksporti yilning 7 oyida 6,4 million tonna bilan rekord darajaga yetdi.

Informburo axborot saytida o‘rin olgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘iston 2022-yilning yanvar oyidan iyul oyigcha bo‘lgan davrda Yevropaga 371,8 million dollarlik ko‘mir eksport qilgan.

Qozog‘iston, yuqorida nomi tilga olingan davrda Yevropa davlatlariga 6,4 million tonna ko‘mir eksport qilish orqali bu sohada rekord o‘rnatgan.

O‘tgan yili Qozog‘istondan Yevropaga ko‘mir eksporti 5,2 million tonna, undan oldingi yillarda esa 4 million tonnadan oshmayotgan edi.

Bu yil Qozog‘iston ko‘mirining Yevropadagi eng buyuk xaridori orasida Shveytsariya (4,5 million tonna), Polsha (723 ming tonna) va Belgiya (213 ming tonna) o‘rin olar ekan Bolgariya, Angliya, Lixtenshteyn, Ruminiya va Latviya undan keyingilar qatorida qayd etilgan.



Aloqador xabarlar