Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev Bakuga tashrif buyurdi

Oliy martabali mehmon Baku aeroportida Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov tomonidan kutib olindi.

1871737
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev Bakuga tashrif buyurdi

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev bugun, 24 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan poytaxt Bakuga tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmon Baku aeroportida Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yoqub Ayubov va Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov tomonidan kutib olindi.

Prezident Ilhom Aliyevning Bakudagi qarorgohida Qozog‘iston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Ikki davlatning davlat bayroqlari hilpirab turgan maydonda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. 

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev bilan uchrashdi. 

Qozog‘iston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining davlat madhiyalari yangradi. 

Ozarbayjon delegatsiyasi Qozog‘iston Prezidentiga, Qozog‘iston delegatsiyasi esa Ozarbayjon Prezidentiga taqdim etildi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, tashrif doirasida Qozog‘iston va Ozarbayjon Prezidentlarining tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralari rejalashtirilgan.

Muzokaralar kun tartibidan savdo-iqtisodiy, transport-logistika va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari joy olgan. Uning yakunlari bo‘yicha qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Eslatish joizki, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo’mart To‘qayev so‘nggi xorijiy safarini Rossiyaga amalga oshirgandi. U Sochida Prezident Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar