O‘zbekiston Prezidenti Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Mardin va Gaziantep provinsiyalarida yuz bergan yo‘l harakati hodisalari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

1870800
O‘zbekiston Prezidenti Erdo‘g‘anga ta’ziya bildirdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Mardin va Gaziantep provinsiyalarida yuz bergan yo‘l harakati hodisalari oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Prezident Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga ta’ziya maktubi yo‘lladi.

Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

“Davlatimiz rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlar tezda sog‘ayib ketishini tiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatma: 20 avgust kuni Turkiya janubidagi Gaziantep shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Halokat oqibatida 16 kishi vafot etdi, qurbonlar orasida uch nafar o‘t o‘chiruvchi, 4 nafar sog‘liqni saqlash xodimi va ikki nafar jurnalist ham ham bor.

Turkiyaning janubi-sharqidagi Mardin viloyatida ham to‘rtta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Ushbu YTHda 16 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi jarohatlangan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar soni 20 ga yetgan, jarohatlangan esa 30 nafarni tashkil qilmoqda.



Aloqador xabarlar