Qozog‘iston Turkiya bilan harbiy hamkorlik to’g’risidagi protokolni tasdiqladi

Qozog‘iston hukumati tomonidan e’lon qilingan tegishli qarorga muvofiq, 2022 yil 10 mayda Anqarada yakunlangan Qozog‘iston hukumati va Turkiya hukumati o‘rtasida harbiy razvedka sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol tasdiqlangan.

1867102
Qozog‘iston Turkiya bilan harbiy hamkorlik to’g’risidagi protokolni tasdiqladi

 

Qozog‘iston hukumati Turkiya bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik qilish to’g’risidagi protokolni tasdiqladi. Bu haqda Qozog’iston mahalliy nashrlari xabar bermoqda. 

Qozog‘iston hukumati tomonidan e’lon qilingan tegishli qarorga muvofiq, 2022 yil 10 mayda Anqarada yakunlangan Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Turkiya Respublikasi hukumati o‘rtasida harbiy razvedka sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol tasdiqlangan. 

Hujjatga muvofiq, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qiladilar: 

•    harbiy razvedka ma’lumotlari bilan o‘zaro almashish va dolzarb masalalar bo‘yicha ekspert baholari;  

•    mintaqada (davlatda) ishtirokchi davlatlarining xavfsizligiga tahdid soladigan harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishini monitoring qilish;  

•    tomonlar davlatlarining xavfsizligiga tahdid soluvchi xalqaro terroristik va boshqa tashkilotlar to‘g‘risida o‘zaro ma’lumot almashish.

Tomonlar o‘rtasida kuchga kirgan hujjat Rossiya matbuotida qozog‘istonning Rossiyadan yuz o‘girishi oqibatida yangi ittifoqchilarni axtarishi deya talqin qilinmoqda.

“To‘qayev aniq kelajakda Kreml bilan qarama-qarshilikda unga harbiy yordam ko‘rsatishga qodir yangi ittifoqchilarni izlash va topishda davom etmoqda”, deyiladi xabarda. 

Rus nashrining qayd etishicha, ushbu protokol Qozog‘istonga NATO davlatidan razvedka ma’lumotlariga kirish imkonini beradigan harbiy razvedka ittifoqiga yo‘l ochadi. 

Eslatish joizki, joriy yilning 10 may kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart  To‘qayev Turkiyaga tashrif buyurgan edi. O‘shanda tor va kengaytirilgan doirada o‘tkazilgan uchrashuvlardan so‘ng, Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Anqara Nur-Sultonga harbiy yordam berish niyatida ekani va To‘qayev bilan shunga kelishib olganini urg‘ulagandi. 

“Biz qozoq birodarlarimiz barqarorligi, tinchligi, xavfsizligi va farovonligi uchun o‘z hissamizni qo‘shishga tayyormiz. Biz siyosiy, harbiy, iqtisodiy, savdo yoki madaniy sohalarda hamjihatligimizni davom ettiramiz va kelajakka yelkama-yelka, ishonch bilan qadam tashlaymiz. Biz har qanday sharoitda ham qozog‘istonlik birodarlarimizning yonida bo‘lamiz”, degan edi Erdo‘g‘an.

Davlat rahbarlari boshchiligida o‘tgan delegatsiyalar uchrashuvi yakuni bo‘yicha 14 hujjat imzolandi. Ular orasida Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida harbiy razvedka sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma ham bor.


Tanlangan kalimalar: #Qozog'iston , #Turkiya

Aloqador xabarlar