Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan O’zbekiston jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Konya shahrida bo‘lib turibdi.

1866074
Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri bilan uchrashdi

 

Shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o‘yinlari davom etmoqda.

Musobaqalarda O‘zbekistondan 265 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

O’zbekiston jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov  ayni vaqtda Konya shahrida bo‘lib turibdi.

Shuningdek, vazir tashrifining kun tartibidan xorijlik sport mutasaddilari bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik masalalarini muhokama qilish ham o‘rin olgan.

Xususan, kecha, 9 avgust kuni Konyadagi “Grand Millenium” mehmonxonasida Adham Ikromov hamda Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapoglu o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida sport sohasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, futbol, dzyudo, boks, og‘ir atletika kabi sport turlarida keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shu o‘rinda Adham Ikromov Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapog’li hamda V Islom birdamlik o‘yinlari tashkilotchilariga sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar va yuqori darajada tashkil etilayotgan tadbirlar uchun o‘z minnatdorligini bildirdi.

Akrom Ikromov turkiyalik hamkasbiga O‘zbekistonda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan shu yil o‘tkaziladigan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati, boks bo‘yicha 2023 yili bo‘ladigan jahon chempionati, yaqinda mezbonlik huquqi qo‘lga kiritilgan shaxmat bo‘yicha 46-Butunjahon olimpiadasi haqida to‘xtalib, ushbu tadbirlarda Turkiya sport delegatsiyasini ham faol ishtirok etishga chaqirdi.

Uchrashuv qizg‘in davom etayotgan bir vaqtda Adham Ikromovga o‘zbekistonlik yoshlar 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida g‘olib bo‘lgani to‘g‘risidagi axborot yetkazildi va bu xushxabardan mamnun bo‘lgan Turkiya yoshlar va sport ishlari vaziri Mexmet Kasapog’li O‘zbekiston xalqi va olimpiada g‘oliblarini tarixiy g‘alaba bilan muborakbod etib, shaxmatchi yoshlarga kelgusi musobaqalarda ulkan zafarlar tiladi.



Aloqador xabarlar