Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida bir oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi

O‘zbekistonda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida bir oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi.

1851116
Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida bir oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi

 

O‘zbekistonda norozilik namoyishlari o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasida bir oy muddatga favqulodda holat e’lon qilindi.

Prezident Shavket Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmon bilan O‘zbekiston konstitutsiyasiga Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasining maqomi to‘g‘risidagi moddalarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ayrim takliflar kiritilgach, norozilik namoyishlari o‘tkazilgan Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat 2- avgustga qadar  e’lon qilindi.

Farmonda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikka rioya etish va tartibni saqlash maqsadida favqulodda holat qarori qabul qilingani ta’kidlandi.

Shunga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston bo‘ylab mahalliy vaqt bilan soat 21.00 dan 07.00 gacha komendantlik soati joriy etiladi.

Favqulodda holat doirasida bir oy muddatga viloyatdagi muhim bino va inshootlarni qo‘riqlash kuchaytiriladi, fuqarolarning, shu jumladan transport vositalarining erkin harakatlanishiga cheklov qo‘yiladi, fuqarolarning shaxsini tasdiqlovchi tekshiruvlar o‘tkaziladi, hududga kirish Qoraqalpog‘istondan chiqish cheklanadi, ommaviy tadbirlar, jumladan, sport va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, farmon bilan Favqulodda vaziyatlar komissiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raisligi tashkil etilib, O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Korayev rais etib tayinlandi.

Prezident Mirziyoyev kecha norozilik namoyishlari o‘tkazilgan Qoraqalpog‘iston Muxtor Respublikasi markazi Nukus shahriga borib, viloyat rahbarlari bilan uchrashdi.

Mirziyoyev shu yerda qilgan nutqida Qoraqalpogʻistonning maqomiga oid konstitutsiyaviy moddalar xalq fikrini inobatga olgan holda oʻzgartirilmasligini aytdi.



Aloqador xabarlar