"Bayraktar" dronlari muallifi Selchuk Bayraktar O'zbekistonga tashrif buyurdi

Turistik tashrif bilan Buxoroga kelgan Selchuk Bayraktar O'zbekiston OAVga ma’lum bo‘lishicha, 3-4 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumida qatnashgan.

1838107
"Bayraktar" dronlari muallifi Selchuk Bayraktar O'zbekistonga tashrif buyurdi

 

Bayraktar dronlari muallifi oilasi bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Shu kunlarda Turkiyaning uchuvchisiz jangovar uchish apparatlari ishlab chiqaruvchisi, Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayraktar rafiqasi Sumayya Erdo‘g‘an va farzandi bilan Buxoroda bo‘lib turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oilaning Yoshlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev bilan tushgan surati tarqaldi.

Turistik tashrif bilan Buxoroga kelgan Selchuk Bayraktar O'zbekiston OAVga ma’lum bo‘lishicha, 3-4 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumida qatnashgan.

Mudofaa sanoati tadbirkori forum doirasida yoshlarga tadbirkorlik va media yo‘nalishida mahorat darslari o‘tgan.

U 4 iyun kuni Minorai Kalonda o‘tgan o‘zbekistonlik lider yoshlar bilan uchrashuvda qatnashib, tadbirkorlik ko‘nikmalari mavzusida nutq so‘zlagan. Shuningdek, O‘zbekistonga safari davomida Samarqand va Toshkentga ham borishi reja qilingan.

Ma’lumot uchun, Selchuk Bayraktar 2016 yil may oyida Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anning kenja qizi Sumayya Erdo‘g‘anga uylangan.

Uning "Bayraktar" nomli dronlari Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan terrorizmga qarshi operatsiyalarda, Suriya fuqarolar urushida, Liviya urushida, Tog‘li Qorabog‘ hamda Ukrainadagi mojarolarda ishlatilib, katta nom qozondi.


Tanlangan kalimalar: #Bayraktar , #Turkiya , #Selchuk Bayraktar

Aloqador xabarlar