To'qayev Turkiya Milliy kutubxonasiga kitoblar sovgʼa qildi

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev Anqarada Prezident saroyi qoshidagi Turkiya Milliy kutubxonasi bilan tanishdi.

1825981
To'qayev Turkiya Milliy kutubxonasiga kitoblar sovgʼa qildi
tokayev millet kutuphanesi.jpg
tokayev millet kutuphanesi.jpg
tokayev millet kutuphanesi.jpg

 

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev Anqarada Prezident saroyi qoshidagi Turkiya Milliy kutubxonasi bilan tanishdi.

To'qayevga Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay hamrohlik qildi.

Davlat rahbariga dastlab eski qoʼlyozmalar va nodir kitoblar boʼlimi tanishtirildi. Ushbu boʼlimda qimmatli tadqiqotlar va hujjatlarni oʼz ichiga olgan ilmiy kitoblar jamlangan.

Shuningdek, Qozogʼiston Prezidentiga “Jixannuma” zali (Cihannuma Hall) koʼrsatildi. Bu yerda 100 dan ortiq mamlakatlarda 134 tilda yozilgan asarlar saqlanadi. Shuningdek, 16 ta turkiy davlatga bagʼishlangan tarixiy asarlar mavjud.

Davlat rahbari kutubxonaga qadimgi turkiy davlatlar, Oltin Oʼrda va mustaqillik davrini oʼz ichiga olgan bir qancha kitoblarni sovgʼa qildi.

 



Aloqador xabarlar