Turkiya va Qozogʼiston oʼz universitetlarida stipendiya ajratishga kelishib oldi

Prezident Qosim-Jo'mart To'qaevning Turkiyaga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari oʼrtasida taʼlim sohasida hamkorlik toʼgʼrisidagi kelishuv imzolandi.

1826152
Turkiya va Qozogʼiston oʼz universitetlarida stipendiya ajratishga kelishib oldi

 

Qozogʼiston va Turkiya oʼz universitetlarida stipendiya ajratishga kelishib oldi.

Prezident Qosim-Jo'mart To'qaevning Turkiyaga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat hukumatlari oʼrtasida taʼlim sohasida hamkorlik toʼgʼrisidagi kelishuv imzolandi.

Bu haqda Qozogʼiston taʼlim va fan vaziri Аsxat Аymagʼambetov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.

“Shartnomaning asosiy yoʼnalishlari: oʼqituvchilar, pedagoglar va taʼlim muassasalari rahbarlarining oʼzaro tajriba almashish, taʼlimda yangi texnologiyalardan foydalanish boʼyicha tajriba almashish, talabalarni oʼzaro ilmiy va madaniy loyihalarda ishtirok etishga ragʼbatlantirish, tadqiqotlar va konferentsiyalar oʼtkazish, qoʼshma dasturlar asosida taʼlim muassasalari oʼrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni rivojlantirish”, - deb yozdi vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Bundan tashqari, Qozogʼiston va Turkiya oʼz universitetlarida oliy va oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim uchun stipendiyalar taklif qiladi.

Vazirning soʼzlariga koʼra, joriy yilda Turkiyadan Qozogʼistonga oʼtadigan Xalqaro Turkiy Аkademiya Ilmiy kengashiga raislik qilish masalalari muhokama qilindi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar