Qozogʼistonda Turkiya harbiy dronlari ishlab chiqariladi

10 may kuni Anqarada “Kazakhstan Engineering” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va “Turkish Aepospase” aksiyadorlik jamiyati o’rtasida harbiy-texnik hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi.

1825912
Qozogʼistonda Turkiya harbiy dronlari ishlab chiqariladi

 

“Kazakhstan Engineering” shoʼba kompaniyasi bazasida ANKA dronlarini yigʼish va ularga texnik xizmat koʼrsatish tarmogʼi tashkil etiladi.

Bu haqda Qozog’iston Respublikasi Industriya va infratuzilmalarni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“10 may kuni Anqarada “Kazakhstan Engineering” milliy kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati va “Turkish Aepospase” aksiyadorlik jamiyati o’rtasida harbiy-texnik hamkorlik to’g’risidagi memorandum imzolandi. Hujjatga ko’ra, Qozog’istonda “Kazakhstan Engineering” shoʼba kompaniyasi bazasida ANKA uchuvchisiz uchish apparatlarini yig’ilish va ularga texnik xizmat ko’rsatish tarmog’i tashkil etiladi”,-deyiladi xabarda.

Hujjatni “Kazakhstan Engineering” MK АJ boshqaruvi raisi Temirjan Аbdraxmanov va “Turkish Aerospace” (TUSAŞ) prezidenti, professor Temel Kotil imzoladi.

Kelishuvga koʼra, texnologiyani transfer qilish va qurilmani birgalikda ishlab chiqarish, texnik xizmat koʼrsatish va taʼmirlash uchun kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan.

Shu tariqa Qozogʼiston ANKA dronlarini ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼygan birinchi xorijiy davlat boʼldi.

“Yangi kelishuv qardosh Qozogʼiston bilan doʼstona munosabatlarni yanada mustahkamlaydi”,-deb aytgan Temel Kotil.

Turkiyada ANKA razvedka va zarba beruvchi dronlari 2013 yilda ishlab chiqari boshlagan. Ular urush vaziyati sinovlardan o’tkazilgan. Ushbu dronlarning maksimal parvoz vazni 1700 kgni tashkil etadi. Qurilmalar 350 kg gacha foydali yuk tashish quvvatiga ega. ANKA dronlari maksimal 9000 metr balandlikda 30 soatgacha parvoz qila oladi. Qanot kengligi 17.5 metr bo’lib, uzunligi 8 metrni tashkil qiladi.

 

 



Aloqador xabarlar