Istanbul va Buxoro o‘rtasida reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

"Uzbekistan Airways" tomonidan 15 maydan Buxoro- Istanbul-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar boshlanadi.

1818270
Istanbul va Buxoro o‘rtasida reyslar yo‘lga qo‘yilmoqda

 

"Uzbekistan Airways" tomonidan 15 maydan Buxoro- Istanbul-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar boshlanadi.

Bu haqda "Uzbekistan Airways"  kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.  Parvozlar har hafta payshanba va yakshanba kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi.

Buxorodan jo‘nab ketish: 09:45 (Toshkent vaqti)

Istanbulga yetib borish: 12:25 (Istanbul vaqti)

Istanbuldan jo‘nab ketish: 13:55 (Istanbul vaqti)

Buxoroga yetib borish: 20:05 (Toshkent vaqti)

Buxorodan Istanbulga bo‘lgan aviachiptalar narxi 2,6 mln. so‘mdan, Istanbuldan Buxoroga bo‘lgan chiptalar narxi esa 2,5 mln. so‘mdan boshlanadi.

Bundan tashqari, 9 maydan boshlab Istanbul-Toshkent yo‘nalishidagi reyslar soni haftasiga 17 taga yetkaziladi.

Shuningdek, 10 maydan Istanbul-Samarqand yo‘nalishidagi reyslar haftasiga to‘rttaga, Istanbul-Farg‘ona yo‘nalishidagi reyslar ikkitadan uchtaga oshiriladi. Istanbul-Urganch yo‘nalishidagi qatnovlar esa 16 maydan haftada 2 marta amalga oshiriladi.


Tanlangan kalimalar: #Buxoro , #Istanbul , #Uzbekistan Airways

Aloqador xabarlar