Baku markazidagi tungi klubda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, ushbu voqea mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida Baku markazidagi Terlan Aliyarbeyov ko‘chasidagi tungi klublardan birida yuzaga kelgan.

1806207
Baku markazidagi tungi klubda kuchli portlash sodir bo‘ldi

 

Ozarbayjon poytaxti Baku markazidagi “LocationBaku” tungi klubida bugun, 3 aprel kuni portlash yuz berdi. Voqeada bir kishi halok bo'lgan.  

Ozarbayjon Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, ushbu voqea mahalliy vaqt bilan soat 03:00 atrofida Baku markazidagi Terlan Aliyarbeyov ko‘chasidagi tungi klublardan birida yuzaga kelgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu muassasa ikki hafta oldin ochilgandi. 

Bayonotda voqea joyiga oʻt oʻchiruvchilar va qutqaruv guruhlari yetib kelgani va yongʻin qisqa vaqt ichida oʻchirilgani, shahar hokimi Eldar Azizov va Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Etibar Mirzoyev voqea joyiga borib, oʻrganish ishlari olib borgani bildirildi.

Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, portlashda 1 kishining halok bo'lgani, 24 kishining tan jarohati olgani bildirildi.

“Dastlabki taxminga ko‘ra, portlash gaz sizib chiqishi natijasida sodir bo‘lgan. Ichki ishlar vazirligi xodimlari voqea joyida ishlamoqda. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Halok bo‘lganlar va yaradorlar soni aniqlanmoqda”, deydi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Ehsan Zahidov. 

Sog‘liqni saqlash vazirligining aniqlik kiritishicha, 24 nafar yarador – 13 erkak va 11 ayol tez yordam mashinalarida Bakudagi shifoxonalarga yetkazilgan. Ularning aksariyatida kuyish jarohatlari bor. 

Portlash oqibatida tungi klub joylashgan binoning boshqa xonadonlari va yaqin atrofdagi transport vositalari ham zarar ko‘rgan.


Tanlangan kalimalar: #portlash , #Baku

Aloqador xabarlar