Qozog‘istonda siyosiy tizimni yangilash bo‘yicha islohotlar dasturi e’lon qilindi

Kecha, 16-mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev mamlakat parlamenti palatalari qo‘shma majlisida xalqqa murojaat qildi.

1796850
Qozog‘istonda siyosiy tizimni yangilash bo‘yicha islohotlar dasturi e’lon qilindi

 

Kecha, 16-mart kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo'mart To'qayev mamlakat parlamenti palatalari qo‘shma majlisida xalqqa murojaat qildi.

Prezident o‘z chiqishida davlat boshqaruvi islohoti masalasiga batafsil to‘xtalib o'tdi. 

To'qayev shuningdek, Qozog‘iston siyosiy tizimini har tomonlama yangilash bo‘yicha yangi islohotlar paketini e’lon qildi.

Uning ta'kidlashicha, mamlakatda amaldagi “super-prezidentlik” boshqaruv tizimiga barham beriladi va “kuchli parlamentga ega prezidentlik tizimi”ga o‘tiladi.

To'qayevning ma’lum qilishicha, islohot birinchi navbatda izchil demokratlashtirish hamda davlat barqarorligi va boshqarilishini ta’minlashga qaratilgan.

To'qayevning “yangi Qozog‘iston” modelini o'rnatishga qaratilgan 8 banddan iborat islohotlar paketiga ko‘ra, mamlakatda amaldagi prezidentlik tizimi tugaydi va parlament kuchli prezidentlik tizimiga o‘tadi.

“Kuchli prezident, samarali parlament va xalqqa hisobot berishdan mas'ul hukumat” tamoyili birinchi o‘ringa chiqadi.

Shuningdek, Qozog‘iston yetakchisi davlat rahbarining partiyalar faoliyatida ishtirok etishini ham qonun bilan taqiqlashni taklif etdi.

"Prezidentga o‘z vakolati davrida partiyaviyligini to‘xtatish majburiy qilib qo‘yilishi qonun bilan rasmiylashtirilishi shart. Ushbu tartib siyosiy raqobatni kuchaytiradi, barcha partiyalar rivoji uchun teng sharoitni ta’minlaydi", - dedi To'qayev.

Bunga ko'ra, prezident o‘z vazifasini bajarayotganda siyosiy partiyaga a’zo bo‘la olmaydi. Shu nuqtai nazardan, prezident To'qayev hukmron “Amanat” (“Nur Otan”) partiyasi raisi sifatidagi vakolatlarini yakunlaydi.

Bundan tashqari, Markaziy saylov komissiyasi, Konstitutsiyaviy kengash kabi muassasalar rahbarlari va a’zolari siyosiy partiyalarga a’zo bo‘la olmaydi. Poytaxt merlari va viloyat gubernatorlari partiyalarda yuqori lavozimlarda ishlay olmaydi.

Qonun prezidentning yaqin qarindoshlarini davlatdagi yuqori lavozimlarga va davlat kompaniyalari boshqaruviga tayinlashni taqiqlaydi.

Bundan tashqari prezident Qozog‘istonda Konstitutsion sud ta’sis etish taklifini ham ilgari surdi.

"Bosh prokuror va inson huquqlari bo‘yicha vakil ham Konstitutsion sudga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lsin! Umid qilamanki, ayni tashabbuslar adolatli va huquqiy davlat qurish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ladi", — dedi To'qayev.

Qozog‘iston rahbari mamlakatda mutanosib saylov tizimidan aralash modelga o‘tish taklifini ham ilgari surmoqda.

Hozir Qozog‘istonda partiya ro‘yxati bo‘yicha ovoz berishni nazarda tutuvchi saylov tizimidan foydalaniladi.

"Men yanada uyg‘unlashgan aralash saylov tizimiga o‘tish taklifini ilgari suraman. Bu barcha fuqarolar huquqini to‘liq inobatga oladi. Proporsional-majoritar model ham milliy, ham hududlar darajasida saylovchilar manfaatini yanada aniqroq aks ettiradi", - deb qo‘shicha qildi davlat rahbari.

Shuningdek, parlamentning yuqori palatasi – Senatning tarkibi o‘zgaradi. Ilgari 15 nafar senator prezident tomonidan tayinlangan Senatda bu raqam 10 tagacha qisqartiriladi. Ulardan 5 tasi Qozog‘iston Xalq Assambleyasi tomonidan taklif etiladi. Shu tariqa, majlisning Assambleyaga deputatlarni tayinlash funksiyasi bekor qilinadi.

Qonunlarni qabul qilish vakolatiga faqat parlamentning quyi palatasi ega bo‘ladi. Ushbu islohot bilan mutanosib vakillik tizimi Assambleyada butun ijtimoiy qatlamlarni vakillik qilish uchun qo'llaniladi va bu yerda vakolatlar kengaytiriladi.

Shahar hokimlari va viloyat gubernatorligiga nomzodlar mahalliy kengash tomonidan bilvosita saylovlar orqali aniqlanadi.

Abay, Jezqazg‘on, Jetisu kabi yangi viloyatlar tashkil etiladi.

Islohot kuchga kirishi uchun yil oxirigacha 20 ta qonun qabul qilinadi, shu bilan birga Konstitutsiyaning 30 dan ortiq moddasiga oʻzgartirishlar kiritiladi.


Tanlangan kalimalar: #Qosim-Jo'mart To'qayev , #Qozog'iston

Aloqador xabarlar