O‘zbekiston Moliya vazirligi delegatsiyasi Turkiyada muzokaralar o'tkazdi

3-5 mart kunlari O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi delegatsiyasi Turkiyada bo‘ldi.

1790509
O‘zbekiston Moliya vazirligi delegatsiyasi Turkiyada muzokaralar o'tkazdi

 

3-5 mart kunlari O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklik agentligi delegatsiyasi Turkiyada bo‘ldi.

Tashrif davomida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi va Turkiya Savdo vazirligi huzuridagi Tashqi iqtisodiy aloqalar kengashi, xalqaro moliya institutlari hamda qurilish sohasidagi 40 ga yaqin yirik turk kompaniyalari vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Turkiyalik hamkorlar e’tiboriga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan energetika, transport infratuzilmasi, ta’lim va tibbiyot muassasalarini barpo etish va boshqarish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalari taqdim qilindi.

Ushbu sohada ilg‘or tajribaga ega turk kompaniyalari aniq investitsiyaviy takliflar taqdim etishini hamda qo‘shimcha muzokaralar uchun Toshkentga  borishga tayyorligini bildirdi.

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha  tajriba almashish maqsadida "yo‘l xaritasi" ishlab chiqish, shuningdek, ikki mamlakatda amalga oshirilayotgan loyihalarni tahlil qilish, ularni texnik, iqtisodiy va huquqiy jihatdan o‘rganishga kelishib olindi.

O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra,  1986-2019 yillar davomida Turkiyada davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida umumiy qiymati 187 milliard dollardan ziyod loyihalar amalga oshirilgan. Ushbu loyihalar, asosan, transport, tibbiyot, konchilik, energetika va turizm sohalarini qamrab olgan.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar