Qirg‘iziston Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatini qo‘llab-quvvatladi

Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

1786185
Qirg‘iziston Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatini qo‘llab-quvvatladi

 

Qirg‘iziston Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda mamlakat Prezidenti Sadir Japarov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lgan telefon orqali muloqotida ma’lum qildi.

Qirg'iziston prezidenti matbuot xizmatining qayd etishicha, Qirg‘iziston Prezidenti Minsk kelishuvlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani uchun Kiyevni javobgar qilgan va Rossiya tomonining Donbass tinch aholisini himoya qilish bo‘yicha  harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan.

“Mamlakatlar rahbarlari Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligining  kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildi. Sadir Japarov va Vladimir Putin xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Ukraina atrofidagi mavjud vaziyat yuzasidan ham fikr almashdi”, deyiladi Qirg‘iziston Prezidenti ma’muriyati xabarida.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshlagandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Qirg'iziston , #Putin , #Sadir Japarov

Aloqador xabarlar