Turkmaniston muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazadi

Turkmanistonda 12-mart kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.

1777967
Turkmaniston muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazadi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedoning Milliy kengash Xalq majlisida qabul qilgan qarori bilan 12-mart kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkaziladi.

Turkmaniston rasmiy axborot agentligi (TDH) xabariga ko‘ra, Milliy kengash Xalq majlisida Turkmaniston Prezidenti Berdimuhamedov, mamlakatda yosh liderlarning davlat boshqaruvida ishtirok etishi zarurligini ta’kidladi va muddatidan oldin saylov uchun Markaziy saylov komissiyasi raisiga ko‘rsatma berdi.

Shundan so‘ng Turkmaniston Milliy kengashi yig‘ilish uyushtirdi.

Unda Turkmaniston Konstitutsiyasining 81-moddasi va Turkmaniston Saylov qonunining 86-moddasiga asosan 12-mart, shanba kuni muddatidan oldin prezidentlik saylovini o‘tkazishga qaror qilindi.



Aloqador xabarlar