Shavkat Mirziyoyev koronavirusga chalingan Turkiya prezidentiga shifo tiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi.

1774225
Shavkat Mirziyoyev koronavirusga chalingan Turkiya prezidentiga shifo tiladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘anga maktub yo‘lladi.

Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov o‘zining Telegram’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan.

Aytilishicha, davlat rahbari o‘z maktubida yaqinda koronavirusning “omicron” shtammiga chalingan Turkiya rahbari va uning rafiqasiga tezroq tuzalib ketishini tilagan.

"Siz, qadrdon inimning va rafiqangiz Emina Xonim Oliyalarining koronavirus kasalligiga chalinganingiz to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim”, deyiladi maktub avvalida. 

O‘zbekiston rahbari Turkiya Prezidenti va uning rafiqasi qisqa fursatda virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, tezda shifo topishlariga ishonch bildirgan. 

Bundan tashqari, Mirziyoyev Erdo‘g‘anga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va yangi zafarlar tilagan.



Aloqador xabarlar