Qozog‘iston parlamenti raisi Nurlan Nig‘matulin isteʼfoga chiqdi

Parlament quyi palatasi deputatining bo‘sh turgan mandati Prezident ma’muriyati rahbari Yerlan Koshanovga o‘tkazildi.

1771480
Qozog‘iston parlamenti raisi Nurlan Nig‘matulin isteʼfoga chiqdi

 

Qozog‘iston parlamenti raisi Nurlan Nig‘matulin isteʼfoga chiqdi. Uning o'rniga Prezident ma’muriyati rahbari Yerlan Koshanov tayinlandi.

Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi – Majlisning bugun, 1 fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishi oldidan Qozog‘iston parlamenti raisi Nurlan Nig‘matulin o‘z vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida ariza berdi. 

Majlisda Nurlan Nig‘matulin iste’foga chiqqanidan keyin uning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi farmon tasdiqlandi.

Shunga ko‘ra, 10 yildan beri Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi raisi bo‘lib ishlab kelgan Nig‘matulinning lavozimi va deputatlik maqomi tugatildi.

Nigmatulin majlisda so'zlagan nutqida mamlakatning birinchi prezidenti, Elboshi Nursulton Nazarboyev va prezident Qosim Jo'mart To'qayevga minnatdorlik bildirdi.

"Ayniqsa, parlamentda o‘z manfaatlarini himoya qilishimizga ishonch bildirgan saylovchilarimizga, albatta, shu uch muddat davomida birga ishlagan deputatlarimizga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman",-dedi Nurlan Nig‘matulin.

Deputatlarning yakdil ovozi bilan Yerlan Koshanov parlamentning yangi rahbari etib saylandi. Koshanov shu kungacha Qozogʻiston prezidenti maʼmuriyati rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.


Tanlangan kalimalar: #Qozog‘iston , #Nurlan Nig‘matulin

Aloqador xabarlar